Xorazm viloyati, Xiva sh, Feruz ko`chasi

Xorazm viloyatidagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha oʻquv seminari tashkil etildi.
Xorazm viloyatida joylashgan Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali katta majlislar zalida o'tkazilgan seminarda Sport vazirligi, viloyat sport boshqarmasi, maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi vakillari, umumtaʼlim maktablarining jismoniy tarbiya va CHQBT fani oʻqituvchilari ishtirok etishdi.
Seminarda, 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab har yili aprel-may oylarida 7-17 yoshdagi o‘quvchilardan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari qabul qilinishi ta’kidlandi. Bunda, o‘quvchilarning sinflar bo‘yicha jismoniy tayyorgarlik darajasi aniqlanadi va bu tizimning asosiy maqsadi etib belgilanadi.
Shuningdek, seminar davomida sport sinovlarini tashkil etish tartibi yuzasidan mas'ullarga batafsil tushuncha va tavsiyalar berib o'tildi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Xiva sh, Feruz ko`chasi
  • +998 (62) 377-52-29
  • info@xiva-olimpiya.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Апрель 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930 

Yil dasturi

Manzili